1 ta tabletka tarkibida
Rux sulfati 25 mg (40% elementar ruxni saqlaydi).

Yordamchi moddalar:
mikrokristall sellyuloza, natriy glikolyati, kraxmali, aspartam, kremniy dioksidi, talk.
Taʼrifi
Oq rangli tabletkalar blisterlarda 10 donadan, 1 ta oʻramda 20 ta tabletka.
Xususiyati
Biologik aktiv qoʻshimchasi – qoʻshimcha rux manbai. Rux - muhim mikroelementdir, organizmda sintezlanmaydi. Keng spektrli biologik taʼsirlarga egadir, u tananing immun va antioksidant tizimlar normal faoliyat koʻrsatishi uchun juda muhim ahamiyatga ega. Inson tanasida rux oshqozon-ichak tizimida, endokrin bezlar (gipofiz bezlari, jinsiy bezlar, insulin sintezi), metabolizm, koʻz toʻr pardasida retinolni tiklash, suyaklar va tishlarni sogʻligʻini saqlab qolish, teri, soch va tirnoqlarni sogʻligʻini qoʻllab quvvatlashda muhim rol oʻynaydi. Sochlar toʻkilishini oldini oladi. Rux yara bitishi va reparatsiya jarayonlarda ishtiroq etadi. Asab va mushak tizimlari toʻgʻri ishlashi uchun muhim, xotirani yaxshilaydi, samaradorligini oshiradi. Yuqumli kasalliklarga chidamlilikni oshiradi.

Rux yetishmovchiligi ruxni oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarli darajada yetib bormasligi, rux soʻrilishining buzilishidan kelib chiqadi (masalan, ichak kasalliklari sababli). Shuningdek, ruxga yuqori talablik– intensiv usish, diareya, va katta jarohatlardan keyingi holat, kuyish va jarrohlik operatsiyalaridan keyin, alkogolizm va ichni suradigan preparatlar qabul qilgandan keyin paydo boʻlishi mumkin. Uzok muddatli rux tanqisligi oʻsishning kechikishiga, semizlik, jinsiy bez funksiyalarining pasayishi (gipogonadizm, sperma xarakatlanishining buzilishi), aqliy rivojlanishning buzilishi, xotira va diqqat konsentratsiyasi pasayishiga olib keladi. Rux tanqisligi infeksion kasalliklarga yuqori taʼsirchanlikka olib kelishi mumkin. Rux tanqisligi immunitetni pasayishi, tez-tez shamollash, diareya, dermatit, terida yiringli toshmalarning toshishi, terining quruqligi, qazgʻoq, teridagi yaralarning sekin bitishi, tirnoqlarning sinishi, soch toʻkilishi, stomatitlar, qorongʻida koʻz koʻrishi sustlashishi orqali namoyon boʻlishi mumkin.

Rux JSST tomonidan diareyani, OʻRVIni oldini olish va sogʻayishni tezlashtirish, hamda pnevmoniya rivoj-lanishi xavfini kamaytirish uchun, shu jumladan bolalarda, ovqatga qoʻshimcha sifatida tavsiya etiladi.

Qoʻllanilishi

Rux yetishmovchiligini oldini olish, shu jumladan diareyada, OʻRVI va rux yetishmovchiligi bilan bogʻliq boshqa holatlarda oʻrnini toʻldirish uchun.

Qoʻllash usuli va dozalar

Tabletkalarni ichga ovqat bilan birga qabul qilinadi. Qabul qilish davomiyligi - 10 kundan 3 oygacha.
Rux yetishmovchiligini namoyon boʻlishiga qarab, shifokor boshqa dozalash rejimini tavsiya etishi mumkin, kuniga 4-6ta tabletkadan.

Diareyada: 6 oylikgacha boʻlgan bolalar uchun 10 mg (1 tabletka), 6 oylikdan oshgan bolalar va kattalar uchun 20 mg (2 tabletka) 10-14 kun mobaynida.

Sut mahsulotlari va spirtli ichimliklari bilan birga qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Zarur boʻlsa, tabletkani oz miqdordagi suvda eritib qabul qilinadi.
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • faol autoimmun jarayonlar, immun ensefaliti
  • oʻtkir buyrak yetishmovchiligi
  • ogʻir buyrak kasalliklari
  • preparat komponentlarini individual koʻtarolmasli
Homiladorlik va emizish davri
Homiladorlik va emizish davrida preparatni qoʻllashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Saqlash sharoitlari
Yorugʻlikdan ximoyalangan, bolalar ololmaydigan joyda, 25°C yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil. Oʻramda koʻrsatilgan sanadan keyin ishlatilmasin. 2 года.

Ishlab chiqaruvchi
MCHJ «Vida Verde Pharm», yuridik manzil: Toshkent shahri, Chilanzor tumani, m-v Olmazor 8/1. Telefon: +99871 245 50 11
Biologik faol qushimcha. Dori vositasi emas. Shifokor retseptisiz beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni Saqlash Vazirligi tomonidan tasdiqlangan.